O‘pka va nafas salomatligi haqida nimalarni bilish kerak?



9 yillik tajribaga ega terapevt, pulmonolog-allergolog Xudaykulova Nodira Ulugbekovna bilan yo‘tal, allergiya va o‘pka salomatligi haqida ochiq suhbat.

Yo‘tal, nafas qisishi, pnevmoniya, allergiya, astma, antibiotiklar va immunitet — qachon oddiy ko‘ringan alomatga jiddiy e’tibor berish kerak? Pnevmoniya haroratsiz ham bo‘lishi mumkinmi? Uzoq davom etayotgan yo‘tal ortida jiddiy kasallik yashiringan bo‘lishi mumkinmi?

Podkast davomida quyidagi mavzular muhokama qilindi:

• Yo‘tal qachon jiddiy kasallik belgisi bo‘lishi mumkin?
• Nafas qisishi nimaning belgisi?
• Qachondan boshlab yo‘talni uy sharoitida davolash mumkin emas?
• Antibiotiklarni o‘zboshimchalik bilan ichish qanchalik xavfli?
• Immunitetni dorilar bilan “ko‘tarish” mumkinmi?
• Konditsioner pnevmoniyani keltirib chiqaradimi?
• Chekmaydigan odamda ham o‘pka saratoni bo‘lishi mumkinmi?
• Sigareta, elektron sigareta va kalyan chekuvchilarda yo‘tal boshlansa nima qilish kerak?
• O‘pkani tekshirish uchun spirometriya, rentgen yoki MSKT – qaysi biri kerak?

Podkast yakunida sovuq suv, muzqaymoq, antibiotik, asal, sut, issiq bug‘, allergiya, astma va nafas qisishi haqidagi savollarga tezkor javoblar berildi.

Taymkodlar:
01:53 – Shamolladim, yo‘talim ketmayapti, bu nimadan?
02:58 – Yo‘tal paytida qanday tekshiruvdan o‘tish kerak
03:33 – Yo‘tal oddiy shamollash emas, balki jiddiy kasallik belgisi bo‘lishi mumkinmi?
04:50 – Pnevmoniya haroratsiz ham bo‘lishi mumkinmi?
05:14 – Harorat bo‘lmasa, demak hammasi joyidami?
06:08 – Yuqori qavatga chiqqanimizda nafas qisishi holatlari bo‘ladi, bu nimani belgisi?
07:57 – Qachondan boshlab yo‘talni uy sharoitida davolash mumkin emas?
08:48 – Uy sharoitida antibiotiksiz, oziq-ovqat mahsulotlari bilan davolansa bo‘ladi, shu rostmi?
10:25 – Nega antibiotiklarni o‘zboshimchalik bilan ichish eng katta xatolardan biri hisoblanadi?
12:04 – 37°C harorat — bu kasallikmi yoki me’yor?
12:43 – Immunitetni dorilar bilan «ko‘tarish» mumkinmi?
14:03 – Internetdagi qaysi davolash usullari sizni xavotirga soladi?
15:12 – Tabiiy usullar bilan davolanib, ahvoli og‘irlashgandan keyin sizga murojaat qilgan bemorlar bo‘lganmi?
16:30 – Nega bugungi kunda allergiya bilan kasallanganlar soni tobora ortib bormoqda? TOP-3 sabab.
17:44 – Allergiyani oddiy shamollash bilan adashtirish mumkinmi?
19:00 – Allergiya qachon astmaga aylanishi mumkin?
20:34 – Har doim tabletka iste’mol qilish qanchalik zararli, nahotki allergiyaning davosi yo‘q?
22:44 – Allergiyani davolash muddati qancha davom etishi mumkin?
23:25 – Infinity klinikasida allergiyani aniqlash uchun qanday zamonaviy diagnostika usullari mavjud?
24:48 – Konditsioner pnevmoniyani keltirib chiqaradimi?
25:48 – O‘pka bilan bog‘liq muammolar hatto yosh odamlarda ham ko‘p uchrayapti. Buning sabablari nimada?
26:57 – Chekmaydigan odamda ham o‘pka saratoni bo‘lishi mumkinmi?
28:14 – Inson chekmaydi, lekin shu tutunda nafas olsa, zarar qiladimi?
29:26 – Sigareta, elektron sigareta va kalyan chekuvchilarda yo‘tal boshlansa, ularga qanday tavsiya berasiz?
31:51 – Spirometriya nima va kim spirometriyadan o‘tishi kerak?
33:11 – Nafas yo‘llarini aniq tekshirish uchun qaysi usullar kerak: spirometriya, rentgen yoki MSKT?
34:32 – O‘pkani tekshirish uchun Infinity klinikasida qanday zamonaviy tekshiruvlardan o‘tish mumkin?
35:00 – Amaliyotingizda oddiy yo‘tal ortida jiddiy kasallik aniqlangan holat bo‘lganmi?
36:10 – Sizni hayratda qoldirgan allergiya bilan bog‘liq bemor hikoyasini aytib bera olasizmi?
38:23 – 9 yillik faoliyatingiz davomida sizni shifokor sifatida o‘zgartirib yuborgan eng esda qolarli bemor yoki voqea qaysi?
44:04 – Qimmat dori har doim ham yaxshiroq hisoblanadimi?
47:44 – Shifokor yozgan dori dorixonada topilmasa va farmatsevt analogini tavsiya qilsa, bemor nima qilishi kerak?
48:27 – Internetdagi «3 kunda davolaydi», «100% tabiiy» kabi usullarga ishonish mumkinmi?
50:34 – Shifokor ko‘rigiga kelishdan oldin eng bilishi kerak bo‘lgan va zarur maslahat?
52:03 – Sog‘liqni tekshirtirishni uzoq vaqtdan beri kechiktirib yurganlarga nima maslahat berasiz?
52:59 – Nega aynan Infinity klinikasida faoliyat yuritasiz?
54:15 – Infinity klinikasining boshqa klinikalardan asosiy farqi nimada?

TEZKOR SAVOLLAR
55:18 – Sovuq suv ichish pnevmoniyaga sabab bo‘ladimi?
55:22 – Muzqaymoq yeyish anginani kuchaytiradimi?
55:25 – Antibiotik shamollashni tezroq tuzatadimi?
55:29 – Asal yo‘talni davolaydimi?
55:31 – Sut balg‘amni ko‘paytiradimi?
55:36 – Issiq bug‘ bilan nafas olish foydalimi?
55:40 – Har qanday yo‘talga antibiotik kerakmi?
55:43 – Allergiya faqat bolalarda bo‘ladimi?
55:46 – Astma bilan og‘rigan odam sport bilan shug‘ullana olmaydimi?
55:49 – Nafas qisishi faqat o‘pka kasalligidan bo‘ladimi?

Ushbu podkastni yaqinlaringiz bilan ulashing. Balki aynan shu suhbat kimningdir sog‘lig‘iga o‘z vaqtida e’tibor berishiga sabab bo‘lar.

Qabulga yozilish uchun:

Call-center markazi:
+998-78-777-03-03
+998-99-599-03-03 (Telegram & WhatsApp)

source

9 Comments

  1. Мен сизга айтсам оддий боғбонман,
    Тер тўкиб кетмон билан ишлайман,
    Хар сафар кетмондан терлаганимда,
    Ортуқча туз кетди, шунга хурсанман

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

You might like

© 2026 Cantinho do Vídeo - WordPress Video Theme by WPEnjoy